Главная » Warner Brothers Prinsning hayotligida e’lon qilinmagan kuylaridan iborat albom chiqaradi
(

Warner Brothers kompaniyasi marhum xonanda Prinsning ilgari e’lon qilinmagan kuylaridan iborat yangi albom chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Kompaniya jami ikkita disk chiqarishga va’da bermoqda. Birinchisiga Prinsning 40 ta eng mashhur kompozitsiyasi kiritiladi. Keyingi yil esa keng jamoatchilikka noma’lum qo‘shiqlarning bir qismi taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumot keyinroq taqdim etilishi bildirildi.

Taniqli xonanda, “Gremmi”, “Oskar”, “Oltin globus” kabi mukofotlar sovrindori Prins shu yili olamdan o‘tdi.
Просмотров (27)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar