Главная » Xalqaro kosmik stansiyadagi robot “tabassum qildi”
(

Xalqaro kosmik stansiya (XKS)da laqabi Dekstr bo‘lgan ikki “qo‘lli” robot bor, deb yozadi Meduza. U masofadan boshqariladi va ekipaj a’zolarining ishini yengillashtirish maqsadida bort tashqarisidagi harakatlarni amalga oshiradi.

Dekstrning uch yarim metrli ikkita ko‘chma “qo‘li” bor. Robot bu “qo‘llari” yordamida ¯\_(ツ)_/¯ ko‘rinishidagi smaylni hosil qilishi mumkin.
Fotosuratni XKSdagi operatiyalar bo‘yicha mutaxassis Aleks Apyan e’lon qilgan. Fotosurat stansiyadagi nikel-vodorodli akkumulyatorlarni litiy-ionlilariga almashtirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida olingan.

Aftidan, ¯\_(ツ)_/¯ tasodifiy emas, balki Dekstr “qo‘llari”ning standart holatlaridan biridir. Bu ishorani nafaqat yanvardagi, balki undan avvalgi operatsiyalarda ham uchratish mumkin.
Просмотров (164)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar