Главная » Xitoyda 31 barmoqli chaqaloq tug`ildi
(

Xitoy janubida 31 ta barmoqlari bo`lgan mutant-chaqaloq tug`ildi. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, mutasiyani nasliy omillar keltirib chiqargan bo`lishi mumkin. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Chaqaloqning oyoq kafti va qo`l panjasi operasi qilinadi, shuningdek ortiqcha barmoqlari olib tashlanadi. 16 yoshgacha bolakay shifokor nazoratida bo`ladi.
Chaqaloqning qo`llarida 15 ta, oyoqlarining har birida esa 8 tadan barmoq bor.

Qo`l panjasidagi barmoqlar ham o`z shaklini yo`qotgan. Shifokorlar bolaning boshqa jiddiy kasallik bilan og`riganini taxmin qilmoqda.

Jarrohlar boa maktabga borguniga qadar barcha jarrohlik amaliyotlarini yakuniga etkazmoqchi.

Polidaktiliya yoki ko`pbarmoqlilik—keng tarqalgan anatomik kasallik bo`lib, har besh ming nafar go`dakdan birida uchraydi.

Opra Uinfri va Xelli Berri kabi mashhurlar ham mana shu kasallik bilan tug`ilgan.
Просмотров (186)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar