Главная » Xitoylik ayol bolasini yetimxonaga pochta orqali yubordi
(

Xitoyning Fuchjou shahrida istiqomat qiluvchi ayol yangi tug‘ilgan qizini yetimxonaga kuryerlik pochtasi orqali yubordi. Bu haqda, South China Morning Post gazetasiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kuryer unga berilgan paket qimirlay boshlaganini, so‘ng u yerdan bolaning chinqirig‘i eshitilganini ko‘rgach, politsiyaga murojaat qildi.

Szinan tuman shifoxonasi xodimlari bolani tanidi. Bir necha kun muqaddam tug‘ilgan qizaloq sog‘lom ekanligi aniqlandi.

Mahalliy politsiya 24 yoshli onani o‘z bolasidan voz kechishda aybladi. U besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Просмотров (87)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar