Главная » Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Samsung Galaxy S7 edge’ga raqobatchi bo‘ladigan smartfonni chiqaradi
(Hali taqdim etilmagan Xiaomi smartfoni fotosuratini Xiaomi Today insayder resursi e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Taniqli Xitoy brendi logotipi tushirilgan qurilma Samsung Galaxy S7 edge, S7 edge Plus va Note 7’ga xos bo‘lgan qayrilma ekranga ega.



Insayderlar ta’kidlashicha, suratda Mi Edge yoki Mi Edge Note deb nom olishi kutilayotga qurilma aks etgan. Avvalroq Xiaomi qayrilma ekranli smartfonni ishlab chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Suratga qarab, smartfon barmoq izi skaneriga ega bo‘lishini aytish mumkin.

Nashr eslatishicha, avvalroq smartfon bosim kuchini aniqlay oladigan 5,7 dyuymli ekran, 6 Gb tezkor va 128 Gb ichki xotira, 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, Qualcomm Snapdragon 821 chipsetiga ega bo‘lishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Просмотров (150)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar