Главная » Xonanda Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Rossiyada yashashini ma’lum qildi
(

Rossiya poytaxti Moskvada safarda bo‘lgan xonanda Lola tomonidan Instagram’da e’lon qilinayotgan suratlar muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Xonandaning ashaddiy muxlislari mazkur suratlardan uning sevgan insoni Moskvada yashashini taxmin qildi”, — deb yozadi nashr.

Xonandaning muxlislaridan biri Lolaga: “Turmush o‘rtog‘ingiz Moskvada yashaydimi?”, — degan savol bilan murojaat qilgan, Lola bunga: “Ha”, — deb javob bergan.
Xonanda Lola 2016-yil 7-avgustida Moskva shahrida konsert bergan, shu yilning noyabrida ham Moskvada mehmon bo‘lgan edi. “Darakchi.uz”ning qayd etishicha, Lola bundan avval ham bir necha marta bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratganiga shama qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yili esa ajrashgan. Uning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li bor.

Lola intervyularining birida “kun kelib, o‘z qalbining sohibi bilan oila qurishi”ni aytib o‘tgan edi.
Просмотров (802)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar