Главная » XONANDA LOLANING INSTAGRAM`DAGI POSTI MUXLISLARINI G`AZABLANTIRDI
(“Mana mening tasavvurimdagi ideal tug`ilgan kunim. Taomilga ko`ra, bu kunda telefon qo`ng`iroqlar, smslardan ‘portlaydi’. Kun davomida mehmonlar qadami uzilmaydi, gula va sovg`alar yuborishadi, iliq so`zlar va istaklarni aytish va bu kunni tantanovor tarzda o`tkazish uchun ko`rishishni istashadi. Men esa bu kunda yolg`iz qolishni, tinchlik va osudalikni istayman.



Tug`ilgan kunimda o`zimga nisbatan haddan ziyod e`tibor meni biroz charchatardi. Bu yil esa men bu kunni qanday o`tkazishni istashimni tushundim. Mening kunim... Va men yangi an`ana joriy etishga qaror qildim. Endi har tug`ilgan kunimni men hech qachon bormagan joyimda o`tkazaman. Yangi mamlakatlar, katta va kichik shaharlar, qiziqarli joylar, shinam ko`chalar, qishloqlar...Toki har yilning 4-sentyabri unutilmas bo`lsin! Yonimda esa faqat eng yaqinlarim va yuragimga yaqin insonlar bo`lishini istayman. Qarindoshlarim, sevimli insonlarim, mening oilam... Men uchun bundan qadrliroq hech narsa yo`q”,—deydi Lola.
Xonandani ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib boruvchilardan biri xonandaning mazkur postiga nisbatan e`tiroz bildirdi.

“Avvalambor, tug`ilgan kuningiz bilan, Lola! Balki mening izohim uchun bloklarsiz, men bunga tayyorman. Biroq, mening eng sevimli xonandalarimdan biri o`zining Instagram`dagi lentasiga marhum Prezidentimiz xotirasiga bag`ishlangan birorta ham post qo`ymadi. Balki siz ich-ichingizdan qayg`uda ekanligingizni va buni ommaga bildirmasligingizni aytarsiz, ammo sizni ijtimoiy tarmoq orqali yuzlab odamlar kuzatib boradi va mas`uliyat ham shunga yarasha. Siz yaxshi xonandasiz, qo`shiqlaringiz ajoyib, lekin men sizdan biroz xafaman”,—deb yozdi xonandani kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilaridan biri.

Xonanda Lola ham o`z navbatida mazkur e`tirozni javobsiz qoldirmadi:

“Men o`z sahifamga Prezidentimiz xotirasiga post qo`ydim va o`z ta`ziyamni izhor etdim. Biroq uning tagida siyosiy bahslar ko`payib ketdi. men bunday izohlarni o`chirishdan charchadim, shuning uchun suratni o`chirib qo`ya qoldim. men siyosatdan juda uzoqdaman va mening sahifamda unga o`rin yo`q”.
Просмотров (174)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar