Главная » Xonanda Munisa Rizayeva 30 yoshga to‘ldi
(Xonanda Munisa Rizayeva 21-oktabr kuni 30 yoshga to‘ldi. Munisa Rizayevani tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganlar orasida nafaqat uning muxlislari va shou-biznes vakillari, balki uning o‘zi ham bor.Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida ingliz tilida: “Tug‘ilgan kunim bilan!”, — deb xabar qoldirgan. Uni tabriklaganlar orasida, shuningdek, Shohruxxon, Oybek va Nigora, Ahad Qayum kabilar bor.


Munisa Rizayeva 2016-yil boshida bergan intervyularida bu yil 30 to‘lishi, turmush o‘rtoq tanlash masalasi juda qiyin bo‘layotganini, ayni vaqtda, uch o‘g‘il va ikki qizi bo‘lishini orzu qilishini aytib o‘tgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Просмотров (96)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar