Главная » Xonanda Munisa Rizayeva singlisi Karima ba’zida “xira pashsha va tulkidek ayyor”, ba’zan “zebo va juda dilbar” bo‘lishini ma’lum qildi
(

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida singlisi Karima haqida post qoldirdi.

“Ba’zida menga singlim bilan biz xuddi it va mushukdek, bir-birimiz juda farqlidek tuyuladi, biroq oilaviy sokin oqshomlarda u bilan bir butun ekanimni his qilaman”, — deb yozadi Munisa Rizayeva.
“Singlim ba’zan tajang, vaysaqi zirapcha, xira pashsha va tulkidek ayyor bo‘lishi, boshqa vaqt esa zebo, quvnoq, mo‘jizavor, go‘zal, juda mehribon va dilbar bo‘lishi mumkin”, — deb yozdi xonanda.

“Bularning bari — qachon qanday holatda bo‘lishi — albatta, mening kayfiyatimga bog‘liq. Seni yaxshi ko‘raman, Karima!”, — deya qo‘shimcha qilgan Munisa Rizayeva.

Xonanda Instagram’dagi sahifasida singlisi va otasi bilan birga tushgan suratini ham e’lon qilgan.
Просмотров (233)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar