Главная » Xonanda Nargiz: Turmush o‘rtog‘imni ishimga aralashtirmayman, deb noto‘g‘ri o‘ylagan ekanman
(

Xonanda Nargiz Instagram’dagi sahifasi orqali qizi san’at yo‘lini tanlagan ota-onalarga murojaat qildi.
Qizingiz san’atkor bo‘lsa, uni san’atni tushunadigan insonga turmushga bering”, — deydi xonanda Nargiz.

“Shuncha yildan beri ijodiy faoliyatimning moddiy tomonini o‘zim ko‘tardim. Hamkor bo‘laman deb, mendan foydalanib, tirikchilik qilib olganlar ham uchradi. Shuning uchun ijodim xalq e’tiboriga asta-sekin tushdi”, — deb yozadi xonanda.

“Turmush o‘rtog‘imni ishimga aralashtirmayman, deb noto‘g‘ri o‘ylagan ekanman. Har ikkimiz ham oddiy oila farzandlarimiz. Oila qurganimizda, turmush o‘rtog‘im hali talaba edi. Yo‘limda uchragan firibgarlardan yurist sifatida himoya qildilar”, — deydi Nargiz.

“Mana endi hammasi yaxshi: doim birgamiz, o‘zlari yordam bermoqdalar; quloq tinch, qozon bitta, tuhmat va yolg‘on yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi Nargiz.
Просмотров (78)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar