Главная » Xonanda Rayhon: Ochig‘i, bir o‘zim bolalar bilan qiynalyapman
(Xonanda Rayhon farzandlariga maqbul bog‘cha topgunicha aqldan ozib, depressiyaga tushib qolishiga bir bahya qolganini ma’lum qildi. Bu haqda “Sayyod.com” nashri xabar bermoqda.



“Farzandlarim uchun bog‘cha va enaga izlash vaqtida aqldan ozay dedim, depressiyaga tushib qolishimga bir bahya qoldi. Qanchadan qancha bog‘chalarni aylanib chiqib, nihoyat yaqinda bitta ma’qulini topdim”, — dedi Rayhon.

“Avvaliga ko‘p o‘yladim — bolalarni bog‘chaga erta beryapmanmikin, balki 3 yoshga to‘lgunicha kutaymikin, deb. Farzandlarimning ikkisi ham juda sho‘x, kerak bo‘lsa gapimga ham kirmaydi, ba’zan eplay olmayapman. Shu sababli ham bog‘chaga berishga qaror qildim”, — dedi xonanda.

“Bir o‘zim bolalar bilan, ochig‘i, qiynalyapman. Uy, ish va boshqa ko‘p yumushlar zimmamda bo‘lgani uchun bir o‘zimga juda qiyin, shu sabab ham ruhan biroz toliqdim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Rayhon.

Ma’lumot uchun, xonanda Rayhon G‘aniyeva 2012-yilning noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmush chiqqan edi. 2014-yilning may oyida juftlik egizak farzandli bo‘lgan, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yilgan edi.

2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza berganini ma’lum qilgan, 2016-yilning may oyida esa Yigitali Mamajonov va Rayhonning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Просмотров (175)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar