Главная » Xonanda Shohjahon Jo‘rayevning Instagram’dagi sahifasini xakerlar egallab oldi
(Xonanda Shohjahon Jo‘rayevning Instagram’dagi sahifasiga xakerlar hujum qilib, profilini o‘zlashtirib oldi. Mazkur holat yuzasidan jurnalist Feruz Muhammad xonandaning ma’muri Shuhrat Usmonov bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.— Shohjahon Jo‘rayevning Instagram’iga xakerlar hujum qilib, uni o‘zlashtirib olgani rostmi?
— Kecha Qashqadaryoda xizmatda bo‘lgan vaqtimiz Instagram’dagi sahifaga kira olmay qoldik. Toshkentga yetib kelgunimizcha yo‘lda uni ochishga harakat qildik, ammo ocha olmadik.

— Demak, hali ham profil boshqa odamning nomida turibdi, shundaymi?
— Ha, hali ham boshqa odamning nomida turibdi. Bir-ikki kishining yordami bilan profilni qaytarib olishga harakat qilyapmiz, ko‘ramiz — bu profil yo butunlay o‘chib ketadi, yoki yana qayta tiklab olamiz. Avval ham xuddi shunday holat bo‘lgan edi, unda qaytarib ololgan edik. Hozir profilni egallab olganlar “Kim edigu kim bo‘ldik” tadbirlarida tushirgan videolarimizdan 70—80 tasini o‘chirib tashlagan. Muxlislarimizga hozircha mazkur profildagi ma’lumotlarga ishonmasliklarini, profil qayta ishga tushgandan so‘ng o‘zimiz ularga xabar berishimizni ta’kidlab o‘tmoqchi edim.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Просмотров (121)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar