Главная » Xonanda Shohruxxonning yangi ijod mahsuli: uning o‘zi vampir, Asal Shodiyeva esa “buratino-burun”
(

Aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i — xonanda Shohruxxon bilan birga tushgan va montaj dasturi yordamida qayta ishlangan hajv-suratini e’lon qildi.

Unda Shohruxxon qo‘rqinchli qora ko‘zoynak taqqani, vampirlarnikiga xos “tishlari” yaqqol to‘la ko‘rinib turganini, Asal Shodiyevaning burni esa Buratinonikidek uzun, qoshlari esa qop-qora qalin qilinganini ko‘rish mumkin.

“Erimning ijod mahsuli… Shunday burnim bo‘lishini har doim orzu qilardim”, — deb suratga izoh qoldirgan Asal Shodiyeva.
Foydalanuvchilardan biri: “Shohruxxon oxirgi vaqtlarda ko‘proq multfilm ko‘rayapti, shekilli”, — deb yozgan. Haqiqatan ham, Shohruxxonning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan uning do‘sti bilan tushgan surati ham shunday montaj qilingan.

Montaj qilinmagan suratlar ham bor: Shohruxxonning sahifasida Asal Shodiyeva tomonidan olingan selfi e’lon qilingan bo‘lib, unda xonandaning mashina ichida hordiq chiqarayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Просмотров (123)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar