Главная » Xonanda Shuhrat Qayumov: Salomatligim yaxshi, ortiqcha vahimaga hojat yo‘q
(Xonanda va suxandon Shuhrat Qayumovning salomatligi yomonlashib, davolanish uchun chet elga ketgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad san’atkor bilan bog‘landi.



Jurnalistlar ba’zan surishtirmasdan ma’lumotlarni berib yuborib, shov-shuv ko‘tarishadi. Hozir Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Gelenjik shaharida dengiz bo‘yida hordiq chiqaryapman. Salomatligim yomonlashgani haqidagi gap-so‘zlar esa — bo‘lmagan gaplar. Ataylab birovga bildirmay ketgan edim, buni ko‘pchilik bilishi kerak emas, deb hisoblagandim. Ammo baribir ko‘pchilik bundan xabar topib ulgurdi”, — dedi Shuhrat Qayumov.

“Men ham el qatori yozgi ta’tilda O‘zbekistondagi bayramlar, xususan, Mustaqillik bayrami arafasida yaxshilab dam olib, kuchga to‘lib kelish maqsadida safarga yo‘l olgandim. Sir emas, konsertim arafasida qattiq shamollagan edim, bu shamollashga dengiz havosi yaxshi davo bo‘lgani sabab, dam olishga chiqqan edim. Kasalligim vahima qilar darajada xavfli yoki og‘ir emas. Aslida konsertim vaqtidayoq, bahorning o‘zida tuzalib qolgan edim”, — deydi xonanda.

“Farzandlarimiz katta bo‘lib, ularni uyli-joyli qilib, o‘zlarini eplay oladigan, aql-zakovati joyida bo‘lgan darajada voyaga yetkazganimizdan so‘ng, hayotimda birinchi bor umr yo‘ldoshim bilan sayohatga chiqishim. Xursand bo‘ladigan joyim, shuncha odam men haqimda qayg‘urib, sog‘lig‘imdan xavotirlanib, Telegram orqali sog‘lig‘imdan xabar olmoqda. Yashiradigan, sog‘lig‘imga jiddiy ta’sir qiladigan kasallik haqida gap-so‘z ham bo‘lishi mumkin emas”, — dedi taniqli suxandon.

“To‘g‘risi, bu yil ishlarim juda ko‘p. Televideniyeda 20 dan ortiq shogird tayyorlayapman, ko‘rsatuvlar, tadbirlar va yangi loyihalar uchun rejalarimiz juda ko‘p. Mustaqillik bayramiga ham puxta hozirlik ko‘ramiz. Hamyurtlarimizdan mening salomatligim haqida yana shunday mazmundagi asossiz axborot chiqsa, unga ishonmasliklarini va jiddiy olmasliklarini so‘rab qolaman”, — deya qo‘shimcha qildi Shuhrat Qayumov.
Просмотров (112)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar