Главная » Yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangani uchun “Istiqlol” Server Jeparovni o‘ynata olmasligi mumkin
(

O‘zbekiston milliy terma jamoasi vitse-sardori Server Jeparovning “Istiqlol” futbol klubida debyut qilishi kamida yarim yilga cho‘zilishi mumkin. Futbolchi Eron klubi bilan 1,5 yillik kelishuvga erishgandi.
Championat.asia” nashrining Global Times’ga asoslanib ma’lum qilishicha, FIFA fors klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygan. Xitoy nashri bunga asos sifatida “Istiqlol” 2016-yilgi mavsum shu jamoada to‘p surgan germaniyalik Odil Chixining maoshini to‘liq bermaganini ko‘rsatgan. Keyinroq nemis futbolchisi Eron klubi ustidan FIFAga arz qilib, da’vosida yutib chiqqan.

FIFA qaroriga ko‘ra, “Istiqlol” yanvar oyi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Vaholanki, Tehron klubi o‘z vaqtida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalarining sardorlari bo‘lgan Server Jeparov hamda Andranik Teymuriyan bilan shartnoma imzolab bo‘lgandi.

Hozirga qadar “Istiqlol” bu borada rasmiy bayonot berganicha yo‘q. Server Jeparov Tehron klubidan 1,5 yil davomida 500 ming dollar olishi kerak edi.
Просмотров (112)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar