Главная » Yangi yil arafasida Coca-Cola yuk mashinasiga ortilgan ichimliklar Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasi qarshisida to‘kildi
(

Toshkentning Shota Rustaveli va Mirobod ko‘chalari kesishmasidagi aylanada Coca-Cola yuk mashinasiga ortilgan mahsulotlar to‘kilib ketdi. Bu haqda Telegram’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Hodisa natijasida aylana atrofida kichik tirbandlik yuzaga kelgan. Suratda yo‘lga to‘kilgan shisha idishlar chil-chil singani, uning qoldiqlari yo‘lning ma’lum bir qismini egallab olganini ko‘rish mumkin.

Hodisa qanday yuz bergani, uning boshqa ishtirokchilari va jabrlanuvchilar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Просмотров (176)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar