Главная » Yangi yil haqida o`ylar…
(

. 1 «Yangi yilni nishonlarkanmiz xayollar bilan vidolashib, umidu orzularni kutib olamiz».

Konstantin KUShNER

2. «Yana qandaydir bir hayvon yili kirib kelmoqda, men esa insonga o`xshab yashamoqchi edim».

Stas YaNKOVSKIY

3. «Yangi yilda pul uchun sahnaga chiqish haqoratlidir. Odamlar bayramni nishonlashga sening oilang, do`stlaring yo`q deb o`ylashadi. Shuning uchun men notanish insonlar oldida, sahnada Yangi yilni kutib olgandan ko`ra, o`z oilam bilan kutib olishni afzal ko`raman».

Katrina KAYF

4. «Yangi yil sizga butunlay yangi hayot bag`ishlamasa-da, eskilikka yangi xayot bera oladi».

Leonid SUXURUKOV

5. «Yangi yil. Erta tongdayoq xammasi yaxshi va baxtli bo`lishi uchun va`dalar va ishonch vaqti».

Yanush Leon VIShNEVSKIY

6. «Yangi yil kayfiyati – bu adashib eshik taqillatgan insonni ko`rganda ham shod bo`lishdir».

Mixail MAMChICh

7. «Yangi yil doimo kechasi kirib keladi, ammo uni hech kim urishib, janjal ko`tarmaydi».

V. SUMBATOV

8. «Yangi yil bolalarga ertak uchun kerak, omadsizlarga yangi umid uchun kerak, qolganlarga esa xursandchilik uchun».

9. Qorning sovug`iga chidashimga yagona sabab bu Yangi yildir.

Olga Dunchik.

10. 1 yanvarda 365 varoqli kitobning birinchi varog`i yozila boshlaydi, uni yaxshi yozing.

Bred Peysli
Просмотров (224)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar