Главная » YeChL. Turnirni «Barselona» 7ta, «Bavariya» 5ta gol bilan boshladi va boshqa natijalar
(Yevropa Chempionlar Ligasining 2016/2017 yilgi mavsum o'yinlari start oldi.«A» guruhi
«A» guruhida Frantsiyaning «PSJ» jamoasi o'z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi.



Guruhning ikkinchi uchrashuvi «Bazel'» va «Ludogorets» o'rtasida kechdi.Frantsiyaning amaldagi chempioni bo'lmish «PSJ» o'yinning 1-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Kavani 40-soniyada Or'Ye uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. O'yin davomida mezbonlar katta ustunlikka ega bo'lishdi, lekin parijliklar ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurishdi va g'alabani saqlab qola olishmadi. «Arsenal» futbolchilari esa o'yin yakunida o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanishdi. Aleksis Sanches 77-daqiqada urgan gol jamoaga safar o'yinida mag'lubiyatdan qutulib qolishga imkon berdi va «Arsenal» bir ochko bilan qaytadigan bo'ldi.O'yin yakunida ikki jamoaning ham bittadan futbolchisi chetlatildi. Jiru va Verratti keyingi o'yinda jamoalariga yordam ko'rsata olishmaydi.
«Bazel'» va «Ludogorets» uchrashuvi ham durang bilan yakunlandi - 1:1.PSJ (Frantsiya) – Arsenal (Angliya) - 1:1
Gollar: Kavani (1) – Sanches (77)
PSJ – Areolya, Markin'os, Maksvell, Or'Ye (Men'Ye, 84), Tiago Silva, Rab'o (Motta, 74), Krihovyak (Pastore, 79), Di Mariya, Verratti, Matyuidi, Kavani.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal', Bel'Yerin, Kos'Yel'ni, Oksleyd-Chemberlen (Jiru, 63), Koklen (Djaka, 71), Ivobi, Ozil (El'-Nenni, 85), Sanches, Kasorla.
Ogohlantirishlar: Verratti (8), Koklen (24).
Chetlatishlar: Jiru (90+4), Verratti (90+4).Bazel' (Shveytsariya) – Ludogorets (Bolgariya) - 1:1
Gollar: Shteffen (80) - Jonatan Kafu (45)
Bazel' – Vatslik, Suhi, Traore, Lang, Al'vares, Djaka, Dzuffi (Fransson, 70), Del'gado (Kalla, 82), B'yarnason, Shteffen, Yanko (Dumbiya, 40).
Ludogorets – Stoyanov, Palomino, Motsi, Minev, Natanael (Vitin'ya, 83), Vura, Andrianantenaina, Jonatan Kafu, Kristaldo (Plastun, 85), Marselin'o, Dyakov.
Ogohlantirishlar: Shteffen (65), Kristaldo (67), Natanael (77).«V» guruhi
«V» guruhida Italiyaning «Napoli» jamoasi KiYev shahri sharafini himoya qiluvchi «Dinamo» jamoasi mehmoni bo'lib, irodali g'alabaga erishdi. «NSK Olimpiyskiy» stadionida kechgan uchrashuvda dastlab, 26-daqiqada mezbonlar vakili Denis Garmash hisobni ochdi. 36-daqiqada esa «Napoli»ning yangi hujumchisi Arkadiush Milik hisobni tenglashtirdi. Uning o'zi tanaffus arafasida, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo'limda hisob o'zgarmadi va «Napoli» safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.

Guruhning ikkinchi juftligida «Benfika» bilan o'ynagan «Beshiktosh» so'nggi daqiqada jarima zarbasidan urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi - 1:1.Dinamo (KiYev, Ukraina) – Napoli (Italiya) – 1:2
Gollar: Garmash (26) – Milik (36, 45+2)
Dinamo KiYev – Shovkovskiy, Vida, Antunesh, Makarenko, Hacheridi, Garmash, Rybalka (Korzun, 81), Tsygankov (Gusev, 73), Sidorchuk, Yarmolenko, MoraYes (Gladkiy, 87).
Napoli – Reyna, Al'biol', Gulyam, Hyusay, Kulibali, Gamshik (Zelin'ski, 62), Jorjin'o, Kal'Yehon, Allan, Mertens (Insin'Ye, 73), Milik (Gabb'yadini, 82).
Ogohlantirishlar: Sidorchuk (9), Garmash (56), Milik (65).
Chetlatish: Sidorchuk (68).Benfika (Portugaliya) – Beshiktosh (Turkiya) - 1:1
Gollar: Servi (12) – Taliska (90+3)
Benfika – Ederson, Lopes, Grimal'do, Nelson Semedu, Lindelef, Pitstsi, Sal'vio, Gonsalu Gedesh, Feysa (Selis, 88), Servi (Samaris, 70), Orta.
Beshiktosh – Zengin, Toshich, Marselo, Adriano (Tosun, 63), Erkin, Hatchinson, Inler, Oz`yakup (Taliska, 46), Kuarejma, Bek, Abubakar (Shahan, 81).
Ogohlantirishlar: Samaris (78), Sal'vio (87), Erkin (87), Bek (88).«S» guruhi
«Barselona» 13 sentyabr' kuni YeChLning 1-turi doirasida Shotlandiyaning «Seltik» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Neymarning uzatmasidan keyin Lionel' Messi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Bu argentinalik futbolchining YeChLdagi eng tezkor goliga aylandi. Keyinroq u yana 2ta gol urib, het-trikni rasmiylashtirdi (27 va 60-daqiqalarda).Shotlandiyaliklar 24-daqiqada hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo Mussa Dembelening penal'tidan bergan zarbasini Ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Tanaffusga qadar Messi urgan ikkinchi gol evaziga hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Ikkinchi bo'limda "ko'k-anorranglilar" mehmonlar darvozasiga yana 5ta gol yo'lladi. Neymar 50-daqiqada jarima zarbasini golga aylantirdi, 59-daqiqada Int'Yesta o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi, 67-daqiqada Messi uchinchi golini urdi. Jamoaning yana bir hujumchisi Luis Suares esa 75 va 88-daqiqalarda dublga erishdi. Yakuniy hisob — 7:0!

Barselona - Seltik - 7:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 27 Messi, 3:0 – 50 Neymar, 4:0 – 59 In'Yesta, 5:0 – 60 Messi, 6:0 – 75 Suares, 7:0 – 88 Suares.
Amalga oshirilmagan penal'ti: Mussa Dembele (24, darvozabon)
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Al'ba, Serji Roberto, Rakitich (In'Yesta, 46), Buskets (Rafin'ya, 61), Andre Gomesh, Neymar, Messi, Suares.
Seltik – de Vris, Svyatchenko (O’Konnell, 68), Ture, Tirni, Gamboa, Braun, Biton (Makgregor, 76), Sinkleyr, Roberts (Armstrong, 68), Lyustig, Dembele.
Ogohlantirishlar: ter Shtegen (23), Rakitich (40), Braun (56).Ushbu guruhdagi «Manchester Siti» va «Borussiya» Myonhengladbah o'yini kuchli yomg'ir tufayli o'tkazilmay qoldi. Bu jamoalar o'yini bugun o'tkaziladi.«D» guruhi
«D» guruhidagi uchrashuvlarda kutilganidek favoritlar g'alaba qozondi.«Bavariya» o'z maydonida musobaqa debyutanti «Rostov»ni yirik hisobda tor-mor etdi. Levandovski va Myuller bittadan gol urgan bo'lsa, yosh futbolchi Joshua Kimmih o'zining to'purarlik salohiyatini namoyish etib, dublni rasmiylashtirdi. O'yindagi yakuniy hisob 90-daqiqada yana bir himoyachi Bernat tomonidan o'rnatildi - 5:0.

«Atletiko» esa safarda PSV jamoasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan 3 ochko bilan qaytdi. G'alaba goliga Saul' mualliflik qildi 1:0.Bavariya (Germaniya) – Rostov (Rossiya) - 5:0
Gollar: Levandovski (28 pen), Myuller (45), Kimmih (53,60), Bernat (90)
Bavariya – NoyYer, Hummel's (Bernat, 51), Alaba, Rafin'ya, Martines, Kimmih, Vidal', Al'kantara (Sanshesh, 71), Duglas Kosta (Riberi, 64), Myuller, Levandovski.
Rostov – JanaYev, Navas, Granat, Terent'Yev, Mevlya, Gatskan, Kalachev, Noboa, Yerohin, Poloz (Dumbiya, 46), Azmun (Prepelitse, 64).PSV (Niderlandiya) – Atletiko (Ispaniya) - 0:1
Gol: Saul' (43)
PSV – Zut, Shvaab (Pereyro, 80), Moreno, Izima-Miren, Guardado, Narsinh (Bergveyn, 80), Hendriks (Ramselar, 67), Brenet, Propper, Villems, de Yong.
Atletiko – Oblak, Himenes, Filipe Luis, Huanfran, Godin, Saul' (Torres, 77), Gabi, Koke, Gaytan (Tiagu, 61), Grizmann, Gameyro (Ferreyra Karrasko, 65).
Ogohlantirishlar: Moreno (21), Gabi (30), de Yong (43), Himenes (45).
Просмотров (87)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar