Главная » Yigitali Mamajonov va Shahzoda Matchonova “Ummon” guruhining yangi klipida suratga tushdi
(

Ummon” guruhi “Sen meniki emassan” qo`shig`iga klip suratga oldirdi. Mazkur klipdagi bosh rollarni aktyor Yigitali Mamajonov va Shahzoda Matchonova ijro etdi. Buni aktyorlarning ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlaridan bilish mumkin.

Klipdagi obrazlarni dizayner va stilist Lidiya Andre yaratgan. Klip rejissyori Sanjar Matkarimov. Yangi ijod namunasi tez kunlarda muxlislar e`tiboriga havola etiladi.
Просмотров (739)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar