Главная » Yodgor Sa`diev Qoraqalpog`iston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
(O`zbek milliy akademik drama teatri aktyori Yodgor Sa`diev Qoraqalpog`iston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesi Rayosatining bu haqdagi qarori 30 avgust kuni qabul qilingan. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.



Sa`dievdan tashqari, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqali teatri drama artisti Sapargul Dauletova ham Qoraqalpog`iston xalq aristi unvoni bilan taqdirlangan.

Nukus shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san`at maktabi jirovchilik hunari o`qituvchisi Janibek Piyazov Qoraqalpog`iston xalq jirovi, Chimboy tumanidagi 21-maktab fizika o`qituvchisi Bazarbay Jaksimov Qoraqalpog`iston xalq o`qituvchisi unvoni bilan taqdirlangan.

«Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi muxbiri Muzaffar Ahmedov Qoraqalpog`iston xalq shoiri unvoni egasiga aylangan bo`lsa, «Madaniyat va sport» gazetasi bosh muharriri Allanazar Abdiev esa Qoarqalpog`iston xalq shoiri unvoni bilan mukofotlangan.

Mukofotlanganlarning to`liq ro`yxati bilan Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesirasmiy saytida tanishish mumkin.

Ma`lumot uchun, 2016 yilning 12 iyun kuni 70 yoshni qarshilagan Yodgor Sa`diev 1989 yili respublika davlat mukofotini qo`lga kiritgan, 1998 yili esa O`zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo`lgan.
Просмотров (126)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar