Главная » “Yong‘inlar sababi aniqlanmoqda”: O‘zbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yong‘in yuzasidan axborot berdi
(

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent shahrida 7 va 8-fevral kunlari yuz bergan ikki yong‘in haqida 9-fevral kuni axborot berdi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent shahrida 7 va 8-fevral kunlari yuz bergan ikki yong‘in haqida 9-fevral kuni axborot berdi.
Xabar berishlaricha, 7-fevral kuni Toshkentdagi “Manas” restoranida yuz bergan yong‘in oqibatida 380 kvadrat metr maydonda o‘tov qilib qurilgan ayvon va jihozlari yongan.

Yong‘in qo‘shni binoga tarqalishidan “Parizod” kompaniyasiga qarashli binoning 370 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Mavzuga doir: “Manas” restoranidagi kuchli yong‘in qo‘shni turar-joy binosiga ham zarar yetkazdi (foto)
8-fevral kuni esa shaharning Olmazor tumanida joylashgan “Usta shirin savdo” kompaniyasiga qarashli 6, 7 va 8-sonli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lib, jami 100 kvadrat metr maydonda qurilish mahsulotlari, jihozlari hamda tom va shift qismlari yonib zararlangan.

Mavzuga doir: Toshkentdagi qurilish mollari bozorida yong‘in chiqdi
“Yong‘in holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘inlarning sababi aniqlanmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Просмотров (179)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar