Главная » Yoqub Ahmedov portugal tilida so‘zlashuvchi jahon yulduzlari qurshovida qolib ketgan ukasi Odil Ahmedovga omad tiladi
(

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning tug‘ishgan akasi — aktyor va rejissyor Yoqub Ahmedov Instagram sahifasiga yangi surat joyladi.
Unda Odil Ahmedov “Shanxay SIPG”ning braziliyalik bo‘lgan legionerlari Xalk, Oskar, Elkesen, shuningdek, portugaliyalik Rikardu Karvalyu bilan ahil jamoa bo‘lib suratga tushgan. Portugal tilida so‘zlashuvchi yigitlar Odil Ahmedovni o‘rtaga olgan.

“Odilchik, omad ukam”, — deb izoh qoldirgan Yoqub Ahmedov. Odilchikka chindan ham omad kulib boqsa, u 4-mart sanasidan start oladigan Xitoy Super ligasida “Shanxay SIPG”ning boshlang‘ich tarkibidan joy olishi mumkin. Buning uchun uni quchib turgan futbolchilardan kamida ikki nafari zaxirada qolishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov Xitoy klubidagi ilk rasmiy uchrashuvini 7-fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazishi mumkin.
Просмотров (423)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar