Главная » Yulduz Usmonova qachon “Istiqlol” sahnasida kuylashi ma’lum qilindi
(

Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yana katta sahnalarga qaytgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi tantanalarida ishtirok etgani, qo‘shiqlari davlat telekanallari orqali namoyish etilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yulduzni sog‘inganlar ko‘p, uning qo‘shiqlarini intizor kutganlar talay. Xonanda qo‘shiqlari ila qalblardan o‘rnini topgan.

Yulduz Usmonova so‘nggi bor 2007 yilda “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etgandi. 9 yil davomida u juda ko‘p sahnalarda kuyladi, ammo “Istiqlol” sahnasi unga begona bo‘lgandi.

Va nihoyat Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida qo‘shiq kuylaydi. Xonanda 9 yillik tanaffusdan keyin 15 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan “Mavsum xitlari” konsert dasturida ishtirok etadi.

Ko‘ramiz, xalq Yulduzni “Istiqlol” sahnasida qanday kutib olarkin?
Просмотров (357)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar