Главная » Yulduz Usmonova Shavkat Mirziyoyevni qutlash tadbirida ishtirok etdi
(

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiligiga o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgani va nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari, yoshlar ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyevni qutlagani yig‘ilganlar orasida taniqli san’atkorlar ham bor edi. Xususan, 10 yildan buyon TV va radiolardan uzilib qolgan xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham ishtirok etdi. Yulduz Usmonova tadbirda boshqa hamkasblari, Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitovadan uzoqroq turdi. Uning ikki tarafidagi joyda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yulduz Turdiyeva hamda Ulug‘bek Rahmatullayev egalladi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yulduz Turdiyeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, xonanda Shahzoda va Jahongir Poziljonov qo‘shiq kuylashdi.
Просмотров (1035)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar