Главная » Yunusobodlik ayolga tan jarohati yetkazib, uning 12,5 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan bosqinchilar qo‘lga olindi
(2017-yilning 15-iyun kuni taxminan soat 08:30 larda noma’lum shaxs bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Sitora Abdusamatovaga hujum qilib, tan jarohati yetkazib, undan 12 500 000 so‘m naqd pul mablag‘larini egallab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti xabar berdi.Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib sodir etish ) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan, Tulqin Abdugapparovich Xalilov, Bekzod Tuxtasin o‘g‘li Abdullayev va Marhuba Nosirovna Pulatovalar sodir etishganligi aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.


Xalilov, Abdullayev va Pulatovalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Просмотров (860)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar