Главная » Zarina Nizomiddinova kinoda ilk bor o‘ziga o‘zi ovoz berdi
(

Aktrisa Zarina Nizomiddinova kinodagi faoliyatida ilk bor “Qizlar jangi” nomli filmda o‘zi o‘ynagan rolga o‘zi ovoz berdi. Bu haqda u “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zarina Nizomiddinova yangi filmda psixolog rolini ijro etgan bo‘lib, kinoda uning bemorlari hayoti ko‘rsatib berilgan.

“Film juda chiroyli va qiziq chiqqan. O‘zimga o‘zim ovoz berganimni ko‘rish ham tomoshabinlarga qiziq bo‘ladi, deb o‘ylayman”, — dedi aktrisa.

Ilhom Ibragimov rejissorligida suratga olingan film premyerasi yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Просмотров (88)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar