Главная » Zarina Nizomiddinova: Yaxshi ko‘rgan insonim bo‘lganida, allaqachon turmushga chiqqan bo‘lardim
(

Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida oila qurish masalasida berilgan savollarga ham javob berdi. Ma’lumot uchun, Zarina Nizomiddinova bungacha ikki marta turmush qurib, ajrashgan.
Turmush qurish niyatingiz bormi?
— Albatta, turmush qurish niyatim bor.

— Mo‘ljalingizda kimdir bormi?
— Endi… ko‘ramiz. Niyat bor, lekin hozir bu haqda o‘ylamayapman. Chunki bu narsa bir kun, bir soatning ichida ham hal bo‘lib ketishi mumkin.

— Demak, yaxshi ko‘rgan insoningiz bor?
— Yaxshi ko‘rgan insonim yo‘q. Bo‘lganida, turmushga chiqib bo‘lgan bo‘lardim. Turmushga chiqaman desam, yaxshi ko‘rib qolsam, albatta turmushga chiqaman. Sevib turmushga chiqishim kerak.
Просмотров (179)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar