Главная » Zebo Navro`zova kelinlarini qanday sinovdan o`tkazganini so`zlab berdi
(

Sug`diyona” gazetasi rejissyor Zebo Navro`zova xonadonida mehmon bo`ldi. Ikki kelinning qaynonasi, Muhammadrizgar ismli shiringina bolakayning buvijonisi bo`lgan Zebo Navro`zova qaynona-kelin munosabatlari haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Har bir ona, kezi kelganda farzandini-da sinab turadi. Kelinlar ham o`z bolamiz. Shuning uchun imtihonimizdan o`tishga majbur. Axir, o`rgatganlarimiz qulog`iga kirdimi, qo`lidan keladimi yo`qmi, bilib olishimiz kerak-ku. Maalan, o`zim kelinlarimni ko`p bora sinovdan o`tkazganman.
Xonadonimizda bir qonun bor. Har qanday sharoit va kayfiyatda ham inson, albatta kulib turishi shart. Chunki ishdan charchab kelgan inson ana shu tabassumga qarab chalg`iydi. Bu borada kelinim Xumoraxonni ham, Asalni ham har xil vaziyatlar bilan tekshirib ko`rganman. Ikkalasi ham imtihondan a`lo baho bilan o`tishganidan xursandman”,—deydi zebo Navro`zova.

Shuningdek, “Sug`diyona” gazetasining 19 yanvar kuni sotuvga chiqadigan 3-sonida Zebo Navro`zova xonadonidagi ichki qonunlar, ovsinlarning rashki, ishlarni to`g`ri taqsimlash, kelinlarning alohida yashashiga rejissyorning munosabati haqida batafsil ma`lumot olishingiz mumkin.
Просмотров (586)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar