Главная » Zlatan Ibrahimovich “Yunayted”da 9-raqamda to‘p suradi, Genrix Mxitaryanga 22-raqam nasib qildi
(

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchilari kelayotgan mavsumda qanday raqamlarda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jamoa rasmiy saytiga tayanib “Championat.asia” xabar berdi.
Zlatan Ibrahimovich 9-raqamli futbolkada harakat qiladi. U Fransiyaning “PSJ” klubida 10-raqamda to‘p surardi. “Yunayted”da esa bu raqam Ueyn Runiga tegishli



Joze Mourinyo xizmatlariga qiziqayotgan fransiyalik futbolchi Pol Pogba “Yuventus” safida 10-raqamda harakat qiladi. Uning Manchesterga ehtimoliy qaytishi uchun obro‘liroq raqamning o‘zi qolmadi. Pol Pogba “Yunayted” safida 42-raqam ostida to‘p tepgan. Ayni vaqtda bu raqam bo‘m-bo‘sh.
Dortmundning “Borussiya” klubidan xarid qilingan Genrix Mxitaryan 22-raqam bilan harakat qiladi. Joze “Chelsi”dan ketkazib yuborgan Xuan Mata o‘zining 8-raqamida qoldi. Transfer bozori 31-avgustga qadar davom etishi inobatga olinsa, bu tarkibning yakuniy ko‘rinishi bo‘lmasligi mumkin.
Просмотров (103)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar